23 martdan boshlab Oʻzbekistonda toʻy va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanadi
Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va shunga oʻxshash ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taʼqiqlanadi. Bundan tashqari bir qancha obʼyektlar va xizmat faoliyatlari toʻxtatiladi.

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi qaroriga muvofiq, barcha hududlarda 21 martdan boshlab, bir qator obʼyektlar va xizmatlar faoliyati toʻxtatilmoqda.

Oʻzbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan
Xususan:
koʻngil ochar obʼyektlar (shu jumladan, tungi klublar, diskoteka);
spa va massaj salonlar;
choyxona va oshxonalar (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno);
karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari;
kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari.
Shuningdek, 23 martdan boshlab, toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosim singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur boʻlgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida oʻtkazish tavsiya etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

