Poytaxtda yer narxining minimal qiymati belgilandi
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi boʻyicha narxlanadi.

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huqiqini minimal qiymatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlangʻich narxi haqida maʼlumot berilgan.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaxtimizda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi boʻyicha narxlanadi.
Ilova orqali bu haqida atroflicha maʼlumot olish mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

