| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi409 marta oʻqildi

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor vafot etdi

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor bugun, 24 mart kuni miokard infarktidan vafot etdi. U Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor vafot etdi

Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida boʻlgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida​

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali oʻtkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan oʻtkir miokard infarktidan vafot etgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ