| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi396 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus yuqtirib olgan

Oʻzbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million soʻm toʻlanadi.

Oʻzbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus yuqtirib olgan

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemorlarning 11 nafari shifokorlardir. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga bagʻishlangan videoselektor majlisida aytilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida​

Shuningdek,

  • koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million soʻm;

  • koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida ogʻir ahvolga tushgan va sogʻligʻi tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila aʼzolariga esa 250 million soʻm miqdorida bir martalik toʻlovlar toʻlanadi.

Ushbu toʻlovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan toʻlanadigan toʻlovlarni saqlab qolgan holda qoʻshimcha ravishda amalga oshiriladi.

Yigʻilishda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligiga zudlik bilan 30 mingta ekspress-test xarid qilish topshirilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ