Oʻzbekistonda kasallik aniqlangan ilk bemor haqida maʼlumot berdi
Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni oʻz xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgani haqida va bu oʻrinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing boʻlib oʻtdi.
Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov Oʻzbekistonda dastlabki qayd etilgan bemor haqida maʼlumot berdi:
"Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni oʻz xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. Oʻsha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shaxsiy avtomobilida ham oila aʼzolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar xodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda boʻlgan.
Bu zanjir davom etadi. Oʻsha muloqotda boʻlganlar ham oʻz navbatida oila aʼzolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, doʻkon, sartaroshlarga kiradilar.
Yaʼni, bu oʻrinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin", dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

