| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 570 marta oʻqildi

Kontrakt toʻlashga ulgurmagan talabalar oʻqishdan chetlatilmaydi va talablarning stipendiyasi toʻliq toʻlab beriladi

Karantin tufayli berilgan taʼtil sabab toʻlov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmagan talabalarga (shu jumladan, 1-kursning 2-yarmi uchun toʻlovlarga) rektorlar tomonidan qoʻshimcha muddat beriladi. Shuningdek, karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya toʻlab beriladi. Faqatgina toʻlov turida oʻzgarish boʻlishi mumkin – Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.

Kontrakt toʻlashga ulgurmagan talabalar oʻqishdan chetlatilmaydi va talablarning stipendiyasi toʻliq toʻlab beriladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oliy taʼlim muassasalarida karantin davrida toʻlov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmaganlar talabalar safidan chiqarilmasligini rasman maʼlum qildi.

Karantin tufayli berilgan taʼtil sabab toʻlov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmagan talabalarga (shu jumladan, 1-kursning 2-yarmi uchun toʻlovlarga) rektorlar tomonidan qoʻshimcha muddat berilishini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan “soʻnggi muddat – 20 mart” talabalarga emas, balki 2019/2020 oʻquv yilida bakalavriat va magistraturaning birinchi kursiga toʻlov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abitureyntlarga taalluqli (OTMda oʻquv mashgʻulotlariga qatnagan, toʻlov-kontraktni 1-semestr uchun toʻlamaganlar ham – abituriyent maqomida hisoblanadi).

Shuningdek, karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya toʻlab beriladi. Faqatgina toʻlov turida oʻzgarish boʻlishi, naqd pul koʻrinishida olayotganlarga stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tushirib beriladi.

Talabalar uchun videodarslardan iborat maxsus kanal ishga tushirildi

"Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uchun stipendiyalar toʻlab berilgan. Shu bilan birga toʻlov-kontrakt pulini toʻlamaganligi, akademik qarzdorligi, tegishli buyruq rasmiylashtirilmaganligi yoki bank plastik kartasi berilmaganligi uchun stipendiya toʻlashda kechikishlarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi", deyiladi xabarda.

Aksariyat hollarda talabalar tomonidan toʻlov-shartnoma shartlarining kech bajarilgani stipendiya tayinlash va bank plastik karatalarini ochishning kechikishiga asosiy sabab boʻlgan.

Hozirda vazirlik tomonidan respublika miqyosida stipendiya toʻlanmagan talabalar haqida maʼlumot umumlashtirilmoqda.

Ularga:

  • naqd pul koʻrinishida toʻlanmay qolgan stipendiyalar talabaning doimiy yashash joyiga pochta orqali yuboriladi yoki tumanlardagi bank filiallari orqali roʻyxat asosida tarqatiladi;

  • bank plastik kartalari orqali toʻlanadi, plastik kartalar ochilmagan talabalarga yangi kartalar ochilib, bank muassasasining hududiy boʻlimi orqali yetkaziladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ