Karantin vaqtida Toshkent shahriga kimlarning kirishlari uchun ruxsat beriladi
Oʻzbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi. Bu haqda 23 mart kuni “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

23 mart kuni “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01 dan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.
Unga koʻra, koronavirusni respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yoʻl transport vositalari orqali) toʻxtatiladi.
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan holda Toshkent shahrida mehnat qilayotgan davlat tashkilotlari xodimlari (nodavlat tashkilotlarida – ish beruvchining tegishli ruxsatnomasi asosida) hamda yuk tashish bilan bogʻliq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

