| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi679 marta oʻqildi

Karantin qoidalariga rioya etmaganlarni qanday jazo kutmoqda?

Koronavirus munosabati bilan belgilangan karantin qoidalariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha respublika maxsus komissiyasi mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

Karantin qoidalariga rioya etmaganlarni qanday jazo kutmoqda?

Koronavirus tarqalishini oldini olishning eng muhim sharti karantin qoidalariga qatʼiy va istisnolarsiz rioya etishdir.

"Chet eldan qaytib kelayotgan vatandoshlarimiz, faoliyatida cheklovlar oʻrnatilgan tashkilotlar va muassasalar, tadbirkorlik subʼyektlari va umuman mazkur cheklovlar tegishli boʻlgan barcha-barcha subʼyektlar, jismoniy va mansabdor shaxslar davlat tomonidan belgilangan karantin qoidalari va talablarini soʻzsiz bajarishlarini qatʼiy soʻraymiz.

Amalga oshirilayotgan keng qamrovli tushuntirish ishlari va choralar, jumladan murakkab sharoitda va tezkor ravishda chet eldan qaytib kelayotgan koʻp sonli vatandoshlarimiz uchun respublika hududlarida sharoitlar qilinganiga qaramasdan, kecha Samarqand viloyatida karantinga olingan maskandan ikkita fuqaro qochib ketgan.

Oʻzlarining bu masʼuliyatsizlik xatti-harakati bilan mazkur fuqarolar respublikadagi boshqa fuqarolar va yaqinlari hayotini xavfga qoʻygan va bu bilan Oʻzbekiston qonunlarini qoʻpol ravishda buzgan. Ushbu fuqarolar hozirda ushlangan va izolyasiya qilingan. Ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Shu munosabat bilan yana bir marta barcha aholi qatlamlarini alohida ogohlantiramiz hamda oʻz harakatlaringiz bilan nafaqat oʻzingiz balki oila aʼzolaringiz va xalqimizga ziyon yetkazishingiz mumkinligini doimo esda tutishlaringizni soʻraymiz", deyiladi murojaatda.

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston qonunchiligida juda keskin javobgarlik choralari koʻzda tutilgan.

Jinoyat kodeksiga asosan shunday huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan shaxslar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Virus keng tarqalishining oldini olish uchun fuqarolar jamoat joylariga iloji boricha chiqmasligi, oʻz harakatlanishini keskin cheklashlari va umuman olganda jamiyatda bir-birlari orasida masofa saqlashlari zarur.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ