Sanoat
272 ta material

Infografika: YeOIIga aʼzo boʻlishi sharoitida Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati
Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo boʻlsa toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha YeOIIda ikkinchi yirik davlatga aylanadi.

«ANDIJONPETRO» MChJ qoʻshma korxonasi rasman operatorlikka kirishmoqda
"Oʻzbekneftgaz" AJ va "Zarubejneft" AJ (Rossiya) hamkorligida korporativ shartnomani imzolash va "ANDIJONPETRO" qoʻshma korxona operatorining ish boshlashiga bagʻishlangan rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzgarayotgan Oʻzbekiston raqamlarda: Toʻqimachilik sanoatida eksport hajmi qancha boʻldi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni bilan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tashkil etildi.

Oʻzbekistonda paxta hosilining 70% dan ortigʻi paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yigʻib olindi
Joriy yilning 3 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.

Metroning Yunusobod yoʻnalishidagi ikkinchi tunnelda burgʻulash ishlari yakunlandi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yoʻnalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burgʻulash ishlari yakuniga yetkazildi.

Oʻzbekiston-Turkiya: ikki tomonlama manfaatli muhokamalar boʻlib oʻtdi
Avval xabar berganimizdek, Turkiya "Adolat va taraqqiyot partiyasi" raisining tashqi aloqalar boʻyicha oʻrinbosari J.Yilmaz va Buyuk Millat Majlisining Rejalashtirish va budjet ishlari boʻyicha komissiyasi raisi L.Elvan rahbarligidagi delegatsiya yurtimizda xizmat safarida boʻlib turibdi.

Gaz toʻldirish shaxobchalari 30,4 mlrd. sumlik zarar yetkazdi
Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha Uzneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi
«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlari sotiladi.

“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1 dekabrdan elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar boʻladi
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan maʼlum kelishuvga erishdi.

Oʻzbekiston-Yaponiya: oʻzaro hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi rahbariyati aʼzosi Yasayuki Asakura bilan uchrashdi. Vazirlikda boʻlib oʻtgan uchrashuv haqida matbuot xizmati maʼlum qildi.

Yurtimizda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati: natija va tahlil
Qishloq xoʻjaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayondagi koʻp bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha maʼlumot berildi. Natijaning qanday boʻlganligi koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy. Maʼlumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini eʼtirof etishimiz mumkin.

“UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro koʻrgazmalari ochildi
“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar zalida 27 noyabr kuni qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻyicha “UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro koʻrgazmalari ochildi.

Oʻzbekistonda ISUZU D-MAX pikaplari ishlab chiqariladi
Poytaxtimizda Oʻzbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan ISUZU D-Max kichik yuk tashish avtomobillarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Shina ishlab chiqaradigan yangi korxonaning 51% aksiyasi “Tatneft” qoʻlida boʻladi
Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi hamda “Oʻzkimyosanoat” bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” bazasida qoʻshma korxona tashkil qiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Jaloliddin Bekmurodov "Andijonneftmahsulot" AJ ga rahbar etib tayinlandi
Avval Jaloliddin Bekmurodov "Oʻzbekneftgaz"AK da boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan.

Dekabr oyidan identifikatsiya vositalari yordamida tovarlarni markirovkalash boshlanadi
Tartib mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga, birinchi navbatda, sigareta va alkogol mahsulotlariga tatbiq etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 23.11.2019 yildagi 944-son qarorida belgilangan.

Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yigʻish yangi liniyasi oʻz faoliyatini boshladi
Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yigʻishga moʻljallangan “UzAvto Trailer” MChJning yangi ishlab chiqarish liniyasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi korxonaning ochilish marosimida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, “KAMAZ” YoAJ bosh direktori Sergey Kogogin, “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov va boshqalar ishtirok etishdi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB xalqaro kapital bozorini korporativ emitentlar uchun ochib berdi
London fond birjasida listingga kiritilgan va xalqaro kapital bozorlarida sotuvga chiqarilgan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning 300 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari
Toshkentda 25 noyabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarish salohiyati, savdo va barqaror rivojlantirish maqsadlari” mavzusida mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi.

«Oʻzmetkombinat” mahsulot eksportini yiliga 350 ming tonnaga yetkazmoqchi
Joriy yilda “Oʻzmetkombinat” tayyor mahsulot eksportini yiliga 350 ming tonnagacha yetkazmoqchi va bu rejalar aniq asosga ega. Kombinat mahsulotiga talab, xususan MDH davlatlarida ortib bormoqda.

1,7 milliard AQSh dollarlik 234 ta kelishuv imzolandi
Samarqand shahrida “Invest in Samarkand” I Xalqaro investitsion forum va viloyat mahalliy ishlab chiqaruvchilarining “Made in Samarkand” milliy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Ozarbayjon kompaniyalari bilan yangi qoʻshma korxona tashkil etishning dastlabki qadamlari belgilab olindi
Joriy yilning 20 noyabr kuni "Oʻzbekneftgaz" AJda «Socar», «Socar Trading» va «Chemtrade LLC» kompaniyalari vakillaridan iborat Ozarbayjon delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Energetika vazirligida «Worley» xalqaro injiniring kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Worley» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokara oʻtkazildi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” yevrobond chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda
“Oʻzsanoatqurilishbank” dollardagi yevrobond chiqarish uchun road show oʻtkazmoqda. Bu haqda Cbonds.ru nashriga tayanib, spot.uz xabar bermoqda.

Energetika vazirligida «Worley» xalqaro injiniring kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Worley» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokara oʻtkazildi.
