Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yigʻish yangi liniyasi oʻz faoliyatini boshladi
Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yigʻishga moʻljallangan “UzAvto Trailer” MChJning yangi ishlab chiqarish liniyasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi korxonaning ochilish marosimida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, “KAMAZ” YoAJ bosh direktori Sergey Kogogin, “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov va boshqalar ishtirok etishdi.

Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yigʻishga moʻljallangan “UzAvto Trailer” MChJning yangi ishlab chiqarish liniyasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi korxonaning ochilish marosimida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, “KAMAZ” YoAJ bosh direktori Sergey Kogogin, “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbir oldidan faxriy mehmonlar avtokorxonaning imkoniyatlari bilan tanishishdi. KAMAZ avtomobillarni yigʻish sexiga tashrif buyurib, yigʻma qismlar toʻplamlari, gaz ballon uskunalarini yigʻish liniyalari bilan tanishishdi. Shuningdek, ushbu avtokorxonada ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yuk mashinalari va maxsus texnikalarni ham koʻrib chiqishdi.
Tantanali tadbir viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning tabrik soʻzi bilan boshlandi. Shuningdek, tadbir davomida Tatariston Respublikasi Prezidenti, “KAMAZ” YoAJ bosh direktori, “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raislari tadbirda oʻz fikr-mulohazalari va tabrik soʻzlarini bildirishdi.
- Bugun biz Samarqand shahrida KAMAZ rusumli yangi avtomobil yigʻish liniyasining ochilish marosimida qatnashmoqdamiz. Avvalo, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyatiga Tatariston-Oʻzbekiston hamkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlagani uchun, shuningdek ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oʻzbekiston Tatariston va butun Rossiyaning muhim tashqi sheriklaridan biridir. Oʻtgan yili bizning tovar ayirboshlash 57 foizga oʻsdi va 146 million AQSh dollarini tashkil etdi, dedi Tatariston Respublikasi Prezidenti va qoʻshimcha qilib KAMAZning Oʻzbekiston bilan hamkorligi qoʻshma ishlarning muvaffaqiyatli namunalaridan biri ekanligini bildirdi. Oʻtgan yili Samarqandda “UzAvto Trailer” MChJ bazasida yuk mashinalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Yigʻilgan avtomobillar Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida sotilmoqda, uchinchi mamlakatlarga kirish imkoniyati ishlab chiqilmoqda. Soʻz oxirida Rustam Minnixanov bugungi tadbirning tarixiy ahamiyatiga urgʻu berdi va avtokorxona jamoasiga muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda Oʻzbekistonda KAMAZ avtoparki qariyb 14 ming donani tashkil etadi. 2017 yilda “Oʻzavtosanoat” AK va “KAMAZ” YoAJ “KAMAZ” savdo markasi ostida yuk avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etishni koʻzda tutuvchi hamkorlik shartnomasini imzoladilar. 2018 yilda Samarqand viloyatida “UzAvto Trailer LLC” kompaniyasi bazasida yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Shartnomalar doirasida umumiy maydoni 7,4 ming kvadrat metr boʻlgan alohida bino qurildi (shu bilan birga omborxonalarni ham) va “KAMAZ” avtomobillarini yigʻish uchun yangi ishlab chiqarish liniyasi ikki smenada yiliga 3000 donagacha ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ushbu binoda KAMAZ shassisiga gaz uskunalarini yigʻish va oʻrnatish seksiyasi ham tashkil etilgan.
Yangi liniyaning ochilishi bilan yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishni tayyorlashni boshlash uchun malakali mutaxassislar allaqachon yollangan. Ishlab chiqarish xodimlarini oʻqitishni amalga oshirish uchun KAMAZ texnologik markazining texnologlari ishlamoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

