| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi674 marta oʻqildi

Yurtimizda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati: natija va tahlil

Qishloq xoʻjaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayondagi koʻp bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha maʼlumot berildi. Natijaning qanday boʻlganligi koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy. Maʼlumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini eʼtirof etishimiz mumkin.

Yurtimizda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati: natija va tahlil

Qishloq xoʻjaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayondagi koʻp bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha maʼlumot berildi. Natijaning qanday boʻlganligi koʻpchilikni qiziqtirishi tabiiy. Maʼlumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini eʼtirof etishimiz mumkin.

2019 yilda 77 ta paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan 677,4 ming gektar maydonda 2 million tonnadan ortiq paxta xom ashyosini yetishtirish belgilandi. Klasterlarning oʻzlariga 125 ming gektar yer maydonlari biriktirib berilgan boʻlsa, 552 ming gektarda 16 mingta fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomalari asosida sanoat xom ashyosi yetishtirildi. Buning uchun klasterlarga qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 4 trillion 114 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, klasterlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 2,1 trillion soʻm yoʻnaltirilib, paxta xom ashyosi yetishtirishga jami 6,2 trillion soʻm mablagʻ sarflandi.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan joylarda bosqichma-bosqich zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari parkini yaratish, sohani mexanizatsiya darajasini oshirish, yetishtirilgan hosilni chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish, mahsulot yetishtirishda band boʻlgan aholini sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlariga oʻtkazish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan qishloq xoʻjaligida ish samaradorligini oshirish maqsadida texnikalar bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash boʻyicha jami qiymati 1 trillion 900 milliard soʻmlik 16 mingdan ziyod, shundan 2019 yilning oʻzida 1 trillion 200 milliard soʻmlik 14 mingga yaqin qishloq xoʻjalik texnikalari xarid qilindi.

Suv resurlaridan oqilona foydalanish, paxtachilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4087-son qarori ijrosi yuzasidan 13 ta paxta toʻqimachilik klasteri tomonidan 2753 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimlarini joriy etildi. Natijada sugʻorish uchun suv sarfi 40-50 foizga, yonilgʻi-moylash mahsulotlari 30-35 foizga kamayib, mehnat unumdorligini 20-25 foizga oshirishga erishildi.

Klasterlar tomonidan mineral oʻgʻitlarni oʻz vaqtida yetkazib berilishi natijasida fermer xoʻjaliklariga talab qilinadigan meʼyordagi oʻgʻitlar bilan taʼminlanishiga imkoniyat yaratildi. Jumladan, joriy yilda gʻoʻzani mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirishda sof holda azotli oʻgʻitlar 275 ming 85 tonna, fosforli oʻgʻitlar 85 ming 45 tonna va kaliyli oʻgʻitlar 33 ming 19 tonnaga taʼminlandi. Paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan 110 ming 259 tonna azotli, 26 ming 446 tonna fosforli va 13 ming 468 tonna kaliyli oʻgʻitlar “Oʻzagrokimyohimoya” AJ korxonalaridan xarid qilindi va 7 ming 261 tonna azotli, 13 ming 340 tonna fosforli va 2 ming 52 tonna kaliyli oʻgʻitlar chetdan olib kelindi. Yuqorida taʼkidlanganidek, natijadan koʻngil toʻladi. Bugungi kunga qadar paxta toʻqimachilik klasterlari tomonidan 2 million 36 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi, yilning oʻtgan 10 oyi davomida qiymati 2,3 trillion soʻmlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 13,5 mingta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

2020 yildan boshlab respublikamizda paxta xom ashyosi yetishtirish toʻliq klaster tizimida amalga oshirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Paxta toʻqimachilik klasterlari tomonidan 2020-2021 yillarda jami 4,8 trillion soʻmlik loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 19 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: agromart.uz

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ