| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 815 marta oʻqildi

«ANDIJONPETRO» MChJ qoʻshma korxonasi rasman operatorlikka kirishmoqda

"Oʻzbekneftgaz" AJ va "Zarubejneft" AJ (Rossiya) hamkorligida korporativ shartnomani imzolash va "ANDIJONPETRO" qoʻshma korxona operatorining ish boshlashiga bagʻishlangan rasmiy marosimi boʻlib oʻtdi.

Rasmiy tadbir davomida «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning Andijondagi ofisi bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulanish amalga oshirildi, va uning mutaxassislari tele koʻprik yordamida tantanali marosimda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Soʻngra hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda «Oʻzbekneftgaz» AJ rahbari B.Sidiqov, «Zarubejneft» AJ rahbari O.Akimov, «ANDIJANPETRO» MChJ QK rahbari N.Siromyatnikov va «Andijanneft» AJ rahbari J.Bekmurodov ishtirok etdi.

Yangi operator «ANDIJANPETRO» MChJ QK ning asosiy yondashuvi zamonaviy neft sanoati uskunalari va texnologiyalarini, shuningdek neft olishga doir innovatsion usullarni qoʻllashdan iborat.

Yangi qoʻshma korxona oʻziga ishonib topshirilgan hududlarda neft qazib olish darajasini 3 baravarga oshirishni moʻljallamoqda. Bundan tashqari, yangi ish oʻrinlarini yaratish, jalb qilingan mutaxassislarning professional darajasini oshirish jarayoni davom etmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ