| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi2 012 marta oʻqildi

Shina ishlab chiqaradigan yangi korxonaning 51% aksiyasi “Tatneft” qoʻlida boʻladi

Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi hamda “Oʻzkimyosanoat” bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi “Birinchi rezinotexnika zavodi” bazasida qoʻshma korxona tashkil qiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Yangi korxonaning 51% aksiyalari Rossiya kompaniyasi qoʻlida boʻladi hamda korxona “Tatneft”ning shina kompleksi bilan integratsiyalashadi. Ushbu kompleks tarkibida yettita zavod mavjud boʻlib, ular KAMA TYRES brendi ostida shinalar ishlab chiqaradi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” 2014 yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qarori bilan tashkil qilingan edi. Biroq zavod xarajatlari oʻzini oqlamadi va 2018 yilda yopildi.

“Tatneft” Angrendagi zavodga $200 million hajmida investitsiya kiritadi. Qoʻshma korxona yiliga 3,2 million dona shina ishlab chiqaradi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” Oʻzbekistondagi avtomobil va qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun shinalarning davlat buyurtmasi yagona yetkazib beruvchisi (monopol) sanaladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ