“UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro koʻrgazmalari ochildi
“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar zalida 27 noyabr kuni qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻyicha “UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro koʻrgazmalari ochildi.

“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar zalida 27 noyabr kuni qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati boʻyicha “UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro koʻrgazmalari ochildi. Mazkur koʻrgazmalar “Internetional Expo Group” kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi koʻmagida tashkil etildi. Koʻrgazmalar ishtirokchilarining 80 foizi Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya, Turkiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Eron, Isroil, Chexiya, Ukraina, Gruziya, Latviya, Moldova, Shri-Lanka kabi mamlakatlardan kelgan 150 ga yaqin xorijiy kompaniyalardir. Tadbirlarning ochilishida chet el biznes vakillarining Oʻzbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotgani, mahalliy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi. Anʼanaviy “UzAgroExpo” xalqaro koʻrgazmasi Osiyo va Yevropa mintaqasida qishloq xoʻjaligi sanoatiga bagʻishlangan yirik tadbirlardan biridir. Bu yilgi koʻrgazmada zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari, asbob-uskuna va ehtiyot qismlar, texnologik materiallar, issiqxona xoʻjaliklari, chorvachilik, parrandachilik, don sanoati texnologiyalari namoyish etilmoqda. Ulardan biri Toshkent shahridagi “Ekosuv» kompaniyasi taqdim etayotgan tuproq osti tomchilatib sugʻorish tizimidir. Mazkur texnologiya koʻrgazma ishtirokchilarida qiziqish uygʻotmoqda. “UzProdExpo – 2019” ekspozitsiyalarida oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga qayta ishlash, sovutish, qadoqlash texnologiyalari, uskunalar namoyish etilmoqda. Rossiya eksport markazi qoʻmagida Voronej, Penza, Bryansk viloyatlari, Oltoy, Stavropol oʻlkalari, Boshqirdiston Respublikasi stendlari ham tashkil etilgan boʻlib, ular yanada gavjum. Belarus Respublikasi stendida mazkur mamlakat yetakchi kompaniya va korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini baholash imkoniyati yaratilgan. Koʻrgazmalar 29 noyabrga qadar davom etadi. Ular doirasida mahalliy va xorijiy tadbirkorlar uchun maxsus seminarlar tashkil etiladi. Manba: OʻzA
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

