«Oʻzmetkombinat” mahsulot eksportini yiliga 350 ming tonnaga yetkazmoqchi
Joriy yilda “Oʻzmetkombinat” tayyor mahsulot eksportini yiliga 350 ming tonnagacha yetkazmoqchi va bu rejalar aniq asosga ega. Kombinat mahsulotiga talab, xususan MDH davlatlarida ortib bormoqda.

Joriy yilda “Oʻzmetkombinat” tayyor mahsulot eksportini yiliga 350 ming tonnagacha yetkazmoqchi va bu rejalar aniq asosga ega. Kombinat mahsulotiga talab, xususan MDH davlatlarida ortib bormoqda.
Korxona matbuot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, buning sababi - chet bozorlariga mahsulotni ilgari surish strategiyasining qoʻllanilishi, shuningdek tashish va logistika sharoitlarining yaxshilanishi bilan bogʻliq.
Yaqinda Moskvada boʻlib oʻtgan “Metall-Ekspo” xalqaro yarmarkada kombinat vakillari Ukraina va Rossiyaning qator kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishdi. Taʼkidlash lozimki, kombinat uchun mazkur yarmarka Rossiyaning shu kabi yetakchi tadbirlarida ishtirok etishning ilk tajriba vazifasini bajardi.
Muzokaralar natijalari boʻyicha Rossiyaning "Gallaktika" va "Metr" kompaniyalari “Oʻzmetkombinat”ning rangli metallar va mikrokremnezemdan iborat mahsulotini, Ukrainaning "Sodrujestvo" kompaniyasi esa poʻlatli sharlar va turli hajmdagi armaturani xarid qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
“Taxminlarga koʻra, bu korxonalarga ilk mahsulot yetkazib berish 2020 yilning oʻrtalarigacha amalga oshiriladi. Bu hali boshlanishi. Koʻrgazmada ishtirokimiz natijalari boʻyicha koʻplab uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilib, ularni yangi shartnomalar koʻrinishga aylantirishga harakat qilamiz”, - deb aytdi “Oʻzmetkombinat” ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi Raxmat Inomov.
Bugungi kunda “Oʻzmetkombinat” mintaqada qora metallurgiya sohasi boʻyicha yetakchi korxona boʻlganligi bois, uning mahsulotlari barcha qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda. Masalan, Afgʻoniston va Qozogʻiston metall prokati, Qirgʻiziston va Rossiya mis qotishmalari, Tojikiston sirlangan konteynerlar, metall prokati, issiqlik saqlovchi materiallar, Turkmaniston – qurilish materiallarini xarid qilib kelmoqda. Ayni paytda Ozarbayjonga mis va qotishmalarni eksport qilishni tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
2017 yilda davlat rahbari tomonidan kombinat ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tubdan yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan edi. Natijada kombinat xorijning SFI Management Group kompaniyasiga ishonchli boshqaruv asosida topshirilgan.
Eʼtirof etish kerakki, mazkur kompaniya qisqa muddat ichida sezilarli natijalarga erisha oldi.
Masalan, bir yildan soʻng kombinatda ferroqotishmalarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi sex ishga tushirildi. Yangi ishlab chiqarishning foydalanishga topshirish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirok etganligi mazkur voqeaga alohida shukuh va tantanavorlik baxsh etdi. Loyiha qiymati 60 million dollarni tashkil qilib, bundan 17 million dollar Koreyaning Eksimbanki tomonidan ajratilgan.
“Jami 2018 yilning sentyabr oyida zavod tomonidan 18 ming tonna shunday mahsulot tayyorlangan. Sexda 290 kishi mehnat qilmoqda. Lekin bu borada biz avvalom bor, respublikada import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga eʼtibor qaratishimiz, eksport hajmini ham oshirib borishimiz talab etiladi.
Kelajakda yana 2 ta pech quriladi, ishlab chiqarish hajmi qoʻshimcha ravishda yana 30 ming tonnagacha oshib, umumiy hisobda 55 ming tonna ferroqotishmalar tayyorlanadi”, - deb taʼkidladi “Oʻzmetkombinat”ning ferroqotishmalar sexi boshligʻi Dilshod Doʻsmatov.
Keyingi ikki yilda korxonaning moliyaviy ahvoli barqarorlashdi, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish boshlab yuborildi. Yangi quyish-prokat sexining qurilishi – shunday loyihalardan sanaladi.
Italiyaning Danieli kompaniyasi tomonidan qurilayotgan mazkur quyish-prokat sexi 2022 yilda ishga tushiriladi. Uning ishga tushirilishi bilan bir million tonna tunuka mahsulotini ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar yaratilib, 1000dan ortiq kishi ish bilan taʼminlanadi.
Loyihaning amalga oshishidan soʻng, zavod tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi yiliga 2.1 million tonnaga yetkaziladi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, 2018 yilda kombinat 1 millionga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqargan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

