«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi
«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlari sotiladi.

Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Oʻzmilliybank) aksionerlik jamiyati («Milliy bank») shaklida qayta tashkil etildi. Bu prezidentning 30 noyabrdagi qarorida koʻzda tutilgan.
«Milliy bank» qayta tashkil etilayotgan Oʻzmilliybankning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi davlat nomidan «Milliy bank»ning taʼsischisi hisoblanadi
Hujjatda «Milliy bank»ning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, korporativ mijozlarga investitsion banking, jumladan, ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanadi.
NBU INVEST GROUP investitsiya kompaniyasi negizida moliyaviy bozorlarda, jumladan, bankning daromadi chegarasida xoʻjalik subʼyektlari ustav fondida (100 foizgacha) ishtirok etish orqali investitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirokini kengaytirishni nazarda tutgan holda NBU INVEST GROUP aksiyadorlik jamiyati tashkil etiladi.
Oʻzmilliybankning xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi aksiyalar va ulushlar shaklidagi ayrim asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlari Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi, qolganilari esa sotiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

