Oʻzbekiston-Yaponiya: oʻzaro hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi rahbariyati aʼzosi Yasayuki Asakura bilan uchrashdi. Vazirlikda boʻlib oʻtgan uchrashuv haqida matbuot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi rahbariyati aʼzosi Yasayuki Asakura bilan uchrashdi. Vazirlikda boʻlib oʻtgan uchrashuv haqida matbuot xizmati maʼlum qildi. Uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik koʻrish doirasida tashkil etildi. Tomonlar “Mitsubishi Corporation” kompaniyasida ishlab chiqarilgan oxirgi avlodga mansub bugʻ-gaz qurilmalari (BGQ) oʻrnatilgan Toʻraqoʻrgʻon IES qurilishi va Navoiy IESni modernizatsiya qilish loyihalari doirasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilganini taʼkidladi. Qayd etish kerakki, Oʻzbekistonning elektr energetikasi sohasidagi ushbu loyihalari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) moliyaviy koʻmagida amalga oshirildi. Tashrifda Navoiy IESda quvvati kamida 600 MVt boʻlgan uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish loyihasini moliyalashtirish uchun kredit shartnomasi imzolash, shuningdek, “Navoiy IES”da 4 ta BGQ qurilmasini oʻrnatish boʻyicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami oltita BGQ qurilmasi oʻrnatilgani eʼtiborga olingan holda, ularga xizmat koʻrsatuvchi servis markazini tashkil etish imkoniyati uchrashuvda muhokama qilindi. Yaponiya tomoni BGQ uchun ehtiyot qismlarni mahalliylashtirishga ham qiziqish bildirdi. Muloqot davomida “Mitsubishi Corporation” kompaniyasining Sirdaryo IESda uchinchi va toʻrtinchi bugʻ-gaz qurilmasi qurilishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish masalasi ham muhokama qilindi. Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, unda “Mitsubishi Corporation” kompaniyasining “Navoiyzot“ AJda yangi barpo etilayotgan ammiak va karbamid kompleksida xizmat koʻrsatishni tashkil etishda ishtiroki imkoniyatlari xususida ham soʻz bordi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

