| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi516 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda ISUZU D-MAX pikaplari ishlab chiqariladi

Poytaxtimizda Oʻzbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan ISUZU D-Max kichik yuk tashish avtomobillarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda ISUZU D-MAX pikaplari ishlab chiqariladi

Poytaxtimizda Oʻzbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan ISUZU D-Max kichik yuk tashish avtomobillarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. 2006 yilda “SamAvto” masʼuliyati cheklangan jamiyati Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu Corporation” korporatsiyasi bilan hamkorlik oʻrnatdi va zavodda ISUZU shassisi asosida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarish boshlandi. Bugun taqdim etilgan kichik yuk tashish avtomobil turlaridan mamlakatimizda agrar, togʻ-metallurgiya, neftni qayta ishlash sanoati sohalarida, ekstremal sport, xususiy sektorlarda foydalaniladi. Avtomobil 3 ta modifikatsiyada va 7 ta rangda taqdim etiladi. Avtomobilda ham yoʻlovchilar, ham yuklarni tashish uchun birdek qulay universal dizayn konsepsiyasi namoyon boʻlgan. 2002 yildan buyon ISUZU D-Max avtomobil modellari butun dunyo boʻylab Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarib kelinmoqda. Bu yillar ichida avtomobillar yanada mukammallashdi. Shu paytgacha Oʻzbekistonda ushbu turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmagan. Faqat import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillarga talab yil sayin oshib borgani, turli tarmoqlarda foydalanish uchun ancha qulay boʻlgani sababli mamlakatimizda ishlab chiqarish uchun 2017 yilgi Isuzu D-Max modifikatsiyasining ikkinchi avlodi tanlab olingan. Mamlakatimizda ISUZU D-Max kichik yuk tashish avtomobillarining uchta modifikatsiyalari ishlab chiqariladi. Birinchisi D-MAX SAHAR modeli boʻlib, ikki qatorli kabinaga ega. 2 yoʻlovchiga moʻljallangan, 2,5 litrlik dvigatel hajmi va mexanik uzatmalar qutisiga ega. D-MAX OKSUS modeli esa 4 yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, bir qatorli kabinasi bor. D-MAX IRBIS modeli boshqalaridan farqli ravishda 3 litrlik dvigatel hajmi va avtomat uzatmalar qutisiga ega. Avtomobillarning yuk koʻtaruvchanligi 865–1100 kilogrammni tashkil etadi. Anʼanaviy ravishda ISUZU avtomobillarida haydovchi va yoʻlovchilarning xavfsizligiga alohida eʼtibor qaratiladi. ISUZU D-Max yapon standartlariga muvofiq yuqori mustahkamlikdagi poʻlat kabina, energiyani yuta oluvchi old qism, yon zarbga chidamli plankalar va tarang tortib turuvchi xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan. Avtomobillar oq, kumushsimon metallik, kulrang metallik, obsidian kulrang, qora, koʻk va qizil rangda taqdim etilmoqda. Avtomobil intererida bezashning qora elementlari, xromlangan detallar va ushlab koʻrganda yoqimli materiallar uygʻunlashadi. Keng eshikarkalari kabinaga oson kira olish, ichkarida esa yoʻlovchilarni qulay joylashtirishni taʼminlaydi. ISUZU D-Max avtomobillari sotuvi 2020 yilning yanvar oyida boshlanadi. Ayni damda sotuvoldi buyurtmalar berish jarayoni boshlandi. Avtomobillar narxi 270 million soʻmdan 380 million soʻmgacha oraliqda belgilanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ