| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 915 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda paxta hosilining 70% dan ortigʻi paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yigʻib olindi

Joriy yilning 3 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.

Oʻzbekistonda paxta hosilining 70% dan ortigʻi paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yigʻib olindi

Joriy yilning 3 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri maslahatchisi N.Otajonov, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv hoʻjaligi vazirligi, Oʻzkimesanoat” AJ, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi, “Agrobank” ATB, “JOHN DEERE”, “Case New Holland” kompaniyalari va paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Joriy yilda respublikamizning 93 ta tumanida 75 paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilib, 701 ming gektar yer maydonida paxta hosili yetishtirildi. Natijada joriy paxta mavsumining 25 noyabr holatiga, ushbu klasterlar tomonidan 2065,3 ming tonna paxta (prognozga nisbatan 100,0%) yoki jami paxtaning 70 foizi, shu jumladan 95,3 ming tonna (yoki 5.1%) paxta terish mashinalari yordamida terib olish taʼminlandi.

Shartnoma majburiyatlarini ortigʻi bilan bajargan Fargʻona viloyatidagi klasterlar 122,7%, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 113,6%, Andijonda 108,4% va Xorazm viloyatida 106,5% paxta xom ashyosi yigʻib olindi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, 40 ta tumanda tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasterlari yangi texnologiyalarda ishni tashkil qilganligi tufayli soʻngi 10 yil ichida birinchi marta yillik hosildan yuqori hosil olindi.

Paxta terimiga 130 dan ortiq yangi paxta terish mashinalari sotib olindi va soʻngi 40 yil davomida ular yangilandi.

Hozirgi kunda butun dunyoda global muammo boʻlayotgan suv tanqisligi paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish klasterlari tomonidan paxta yetishtirish jarayonida alohida eʼtibor berildi. Joriy yilda 4 ming 600 gektar paxta ekin maydonlariga tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilindi. Isroilning "Netafin", Xitoy Xalq Respublikasining "Qingdao Flourish Textile Machinery CO LTD" va koʻplab mahalliy suvni tejovchi quruvchi tashkilotlar tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi qurib bitkazilib mazkur texnologiya boʻyicha paxta ekin maydonlari sugʻorildi.

Yana bir quvonarli jihati shundaki, ilk marotaba klasterlar tomonidan yurtimizda organik paxta yetishtirilishiga erishildi. Bunda Textile Technologies Group va Fanlar akademiyasi olimlari hamkorligida hech qanday kimyoviy yoki boshqa unsunlardan foydalanmagan holda organik paxta yetishtirildi va Yevropa kompaniyasi tomonidan sertifikatlandi.

Tadbirga soʻzga chiqqanlar, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2019 yildagi ijobiy yutuqlari hamda sohani rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan muammolari, qishloq xoʻjaligida paxtani ekin maydonlarida munosib joylashtirish va sifatli urugʻ navlari bilan taʼminlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari hamda suv taʼminotini mutonosib taqsimlash, zamonaviy paxta terish mashinalari va qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish hamda xorijdan import qilish, shuningdek, 2020 yildan bosqichma-bosqich paxta terimini mexanizatsiyalashtirish afzalliklari, mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash, moliyalashtirishni takomillashtirish, kredit resurslaridan foydalanish tizimini soddalashtirish kabi mavzularda ishtirokchilarga taqdimotlar namoyish etishdi.

Tadbir soʻngida, yil davomida samarali mehnat koʻrsatib, klaster tizimini rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshgan bir qator paxta-toʻqimachilik klasterlari vakillari faxriy yorligʻ va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ