| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 435 marta oʻqildi

Metroning Yunusobod yoʻnalishidagi ikkinchi tunnelda burgʻulash ishlari yakunlandi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yoʻnalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burgʻulash ishlari yakuniga yetkazildi.

Hozirgi kunda Yunusobod liniyasining oʻng tunnelida burgʻulash ishlari tugatilib, mavjud boʻlgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud boʻlgan “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari qizgʻin davom ettirilmoqda. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortigʻi bajarildi. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yoʻlovchilar uchun poezdlar harakatini yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ