| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi572 marta oʻqildi

“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1 dekabrdan elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar boʻladi

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan maʼlum kelishuvga erishdi.

“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1 dekabrdan elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakatimiz aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan maʼlum kelishuvga erishdi. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 1 dekabr sanasidan respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini maʼlum qildi. Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ