Gaz toʻldirish shaxobchalari 30,4 mlrd. sumlik zarar yetkazdi
Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha Uzneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shaxobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha Oʻzneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shahobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra 16 ta korxonalar tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi taʼsir koʻrsatilganligi natijasida Gaz taʼminoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln soʻm zarar keltirilganligi aniqlandi. Misol uchun:
Yangiyoʻl tumanida joylashgan “Yuksak samara metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd 267 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
“Ravnak gaz metan servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
“Xamkor gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Bekobod shahrida joylashgan “Pegas petrolium gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd 478,4 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Angren shahrida joylashgan “Yangiyoʻl metan gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd 546 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Ohangaron tumanida joylashgan “Optima gaz servis” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8,0 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Yuqori chirchiq tumanida joylashgan “Oqqoʻrgʻon eko gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Oʻrtachirchiq tumanida joylashgan “Toʻytepa voha gaz” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 756,0 ming metr kub (756,0 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Sirdaryo tumanida joylashgan “ZIYO NUR METAN” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd 844 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Yuqorida koʻrsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

