Kapital
389 ta material

Markaziy bank qanchagacha mikroqarz berilishi va mikroqarz foyizi boʻyicha maʼlumot berdi
Markaziy bank matbuot xizmati tomonidan mikroqarz olishning shartlari va qoidalarini tushuntirib berildi.

IFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda
IFC tomonidan Ipoteka-bankiga uning xususiylashtirilishini qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta biznesni kreditlashni koʻpaytirish maqsadida 35 million AQSh dollari ajratmoqda.

Koronavirus tufayli dunyodagi 10 ta kompaniya yaxshigina foyda oldi
Financial Times nashri 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv oʻsishi boʻyicha eng yaxshi 100 ta kompaniyalar roʻyxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi oʻnta kompaniya bahosi 1,45 trln. dollarga oʻsdi.

Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi
Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari daromad soligʻidan ozod qilinmaydi.

“Coca-cola”ning Oʻzbekistondagi davlat ulushi kim oshdi savdosiga qoʻyiladi
Hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 foiz ulush «Oʻzbekozikovkatxolding» kompaniyasiga tegishli.

Toʻlov-kontrakt miqdorini oshirmaydigan OTMlar roʻyxati maʼlum qilindi
19 iyun kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan 10 ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis oʻtkazilgan va unda Prezident qaroridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosda oʻqitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilingan.

Markaziy bank valyuta kurslarining soʻmga nisbatan qiymatini maʼlum qildi
Markaziy bank 23 iyundan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, rubl, qozoq tengisi koʻtarildi.

Markaziy bank joriy yilda jismoniy shaxslarga qancha kredit berilgani haqida maʼlumot berdi
2020 yil 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.

200 va 500 soʻmlik qogʻoz pullar 1 iyuldan muomaladan chiqariladi
Eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlaringiz mavjud boʻlsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkin.

Markaziy bank: “OSON” elektron pullar tizimi reyestrga kiritildi
Elektron pullar tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumot joriy yilning 16 iyun kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi.

Xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit beriladi
Kredit mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Prezident 16 iyun kuni oʻtgan yigʻilishda Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun 100 million dollardan ziyodroq mablagʻ ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni oʻtgan yigʻilishda, maishiy uskunalarni taʼmirlash ustaxonalari, kimyoviy tozalash shoxobchalari, kompyuter dizaynerligi, buxgalteriya, reklama, pullik tibbiy xizmat kabi tadbirkorlik subʼyektlarini rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasini taqdim qildi
2020 yil 1 aprel holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldigʻi dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 18,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.

Valyuta kurslari ketma-ket koʻtarilishlardan soʻng, bu hafta pastladi
Markaziy bank 16 iyundan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro, rubl, qozoq tengisi va Xitoy yuani ham tushdi. Faqatgina Yapon iyenasi kursida koʻtarilish kuzatildi.

Pandemiya davrida Oʻzbekistondagi 13 ta bank kredit taʼtillari muddatini uzaytirdi
Kredit taʼtillari muddati maʼlum vaqt oraligʻiga uzaytirilgan boʻlishiga qaramay foiz hisoblash toʻxtatilmaydi.

S&P kredit reytingi nimani anglatadi?
S&P Global Ratings reyting agentligi Oʻzbekiston boʻyicha kutilmani «barqaror»dan «salbiy»ga oʻzgartirdi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi ilmiy xodimi Nozimjon Ortiqov Oʻzbekistonga berilgan reyting nimani anglatishi, reytingning oʻzgarishiga qanday omillar taʼsir etishi, kutilmaning «barqaror»dan «salbiy»ga oʻzgarishining asosiy sabablariga toʻxtalib oʻtdi.

Markaziy bank kreditlar boʻyicha maqbul foiz stavkalarini oʻrnatdi
Markaziy bank tomonidan inflyasiya va bozordagi holatni inobatga olib, prudensial choralar va pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda banklarda oqilona foiz siyosatini yuritishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Oʻzbekistonning suveren kredit reytingi barqarorligini taʼminlovchi omillari
Ushbu maqolada koronavirus inqirozi davrida va undan keyingi davrlarda Oʻzbekiston suveren kredit reytingi barqarorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar borasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov fikr yuritadi.

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida oʻzgarishsiz saqlab qoldi
Ushbu qaror inflyasiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

Oʻzbekistonda ilk bor soʻmga ham 50 ham 100 AQSh dollarini bankomatdan xarid qilish imkoniyati yaratildi
Uzcard" kartalaridan AQSh dollarida naqd pul mablagʻlarini berish hamda kartalarni chet el naqd pul valyutasi bilan toʻldirish imkonini beradigan yangi xizmat joriy etdi. Endi siz bankka borib yurishingiz va navbat turishingiz shart emas. Bir martada 100 AQSh dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi boʻyicha sotib olish mumkin.

Ommaviy qabul: qator muammolarning yillab hal boʻlmayotganligi odamlarda jiddiy norozilik tugʻdirmoqda
Murojaatlarda eng koʻp – 174 ta masala sud huquq sohasiga oid boʻldi. Shuningdek, murojaatlarning 120 tasini uy-joy bilan taʼminlash, 92 tasini prokuratura, 70 tasini sogʻliqni saqlash, 43 tasini bank krediti hamda 41 tasini ichimlik suvi va oqova suvi masalalaridan iborat.

“Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Nizomda ipoteka krediti yoʻnalishlari, rasmiylashtirish bosqichlari, qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi tahlili hamda ipoteka kreditlarini ajratish bilan bogʻliq tavakkalchilikni boshqarish boʻyicha yoʻnalishlar keltirilgan.

Iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishi talabalari oʻqishini Bank-moliya akademiyasiga koʻchirishi mumkin
2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov oʻtkazish orqali boshqa oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari oʻqishi Akademiyaga koʻchiriladi.

Davlat ulushiga ega oʻnta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uygʻunlashgan holda pasaytiriladi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda davlat ulushiga ega oʻnta bankda transformatsiya jarayonini oʻz vaqtida amalga oshirish kerakligi taʼkidlandi.
