Oʻzbekistonda ilk bor soʻmga ham 50 ham 100 AQSh dollarini bankomatdan xarid qilish imkoniyati yaratildi
Uzcard" kartalaridan AQSh dollarida naqd pul mablagʻlarini berish hamda kartalarni chet el naqd pul valyutasi bilan toʻldirish imkonini beradigan yangi xizmat joriy etdi. Endi siz bankka borib yurishingiz va navbat turishingiz shart emas. Bir martada 100 AQSh dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi boʻyicha sotib olish mumkin.

"Uzcard" yangi loyiha yoʻlga qoʻyilganligi haqida maʼlum qildi. Loyiha doirasida "Uzcard" kartalaridan AQSh dollarida naqd pul mablagʻlarini berish hamda kartalarni chet el naqd pul valyutasi bilan toʻldirish imkonini beradigan yangi xizmat joriy etildi. Shu bilan birga, chet el valyutasini sotish va sotib olish kursi banklar tomonidan onlayn tarzda belgilanadi. Loyiha mijozlarni bank kassalarida navbatda turishdan xalos qilib, odamlar bilan aloqada boʻlishni cheklaydi, bu esa pandemiya davrida juda muhimdir.
ATB “Qishloq qurilish bank” matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Uzcard” toʻlov tizimi bilan birgalikda “Sash-in/Sash-out” funksiyasiga ega bankomatlarda avtomatlashtirilgan shaklda valyuta sotib olish xizmatini yoʻlga qoʻyilgan.
Bank mazkur xizmatni koʻrsatadigan bankomatlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.
9 iyundan boshlab «Ipak Yoʻli» bankiga tegishli boʻlgan bankomatlari orqali naqd soʻmga naqd AQSh dollari sotish xizmatini yoʻlga qoʻyilgani haqida ham bank matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.
Endi siz bankka borib yurishingiz va navbat turishingiz shart emas. Bir martada 100 AQSh dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi boʻyicha sotib olish mumkin. Shunchaki bankomatga naqd soʻm kiritasiz, uskuna esa sizga 100 AQSh dollari va zarurat boʻlsa qaytim beradi.
Bunday xizmat koʻrsatuvchi bankomatlar manzillarini bank saytida yoki Ipak Yoʻli Mobile ilovasida topishingiz mumkin.
Turonbankning “Sash-in/Sash-out” funksiyasiga ega bankomatlari orqali ham avtomatlashtirilgan shaklda soʻmga naqd AQSh dollarini xarid qilish imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur bankomatlar bosqichma - bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Boshqa banklardan farqli oʻlaroq, Turonbankda siz hatto 50 dollarlik kupyurani xam sotib olish imkoniyatiga ega boʻlasiz, deyiladi bank matbuot xizmati xabarida. Buning uchun mablagʻingizni Respublikaning barcha hududlarida joylashgan maxsus valyuta bankomatlarimizga kiritishingizning oʻzi kifoya. Soniyalar ichida uskuna sizning yumushingizni hal qiladi va qaytimingizni ham beradi.
Mazkur bankomatlar 24/7 rejimida aholiga xizmat koʻrsatib, 6 turdagi (AQSh dollari, Angliya Funt sterlingi, Shveysariya franki, Yapon yenasi, Rossiya rubli, Qozoq tengesi) xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash va “Mastercard” xalqaro plastik kartlaridan naqd milliy valyuta yechish imkoniyatini ham Sizga taqdim etadi.
Mazkur xizmat toʻliq ishga tushirilgandan soʻng bankomatlarning joylashuvi boʻyicha maʼlumotlarni bankning rasmiy sayti yoki @uz_avtovash_bot telegram boti orqali olishingiz mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

