Valyuta kurslari ketma-ket koʻtarilishlardan soʻng, bu hafta pastladi
Markaziy bank 16 iyundan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro, rubl, qozoq tengisi va Xitoy yuani ham tushdi. Faqatgina Yapon iyenasi kursida koʻtarilish kuzatildi.

Markaziy bank bergan xabarga koʻra, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 1,29 soʻmga pastlab, 10 151,90 soʻmni tashkil qildi. Yevro 31,91 soʻmga tushib, 11 424,95 soʻm boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 9 iyundan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 4,88 soʻmga koʻtarilib, 10 153,19 soʻmni tashkil qilgan, Yevro 194,27 soʻmga koʻtarilib, 11 456,86 soʻm boʻlgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

