Koronavirus tufayli dunyodagi 10 ta kompaniya yaxshigina foyda oldi
Financial Times nashri 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv oʻsishi boʻyicha eng yaxshi 100 ta kompaniyalar roʻyxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi oʻnta kompaniya bahosi 1,45 trln. dollarga oʻsdi.

2020 koʻplab kompaniyalar uchun dahshatli natijalarga olib keldi, ammo ayni paytda koronavirus inqirozidan eng koʻp yutganlar ham boʻldi, deb yozadi Financial Timesʼga tayanib Sof.uz.
Nashr 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv oʻsishi boʻyicha eng yaxshi 100 ta kompaniyalar roʻyxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi oʻnta kompaniya bahosi 1,45 trln. dollarga oʻsdi. Asosiy oʻsish toʻrtta sektorda kuzatildi: IT, isteʼmol tovarlari (asosan onlayn savdo), sogʻliqni saqlash va telekomunikatsiyalar
Inqiroz davrida kapitallashuvning oʻsishi boʻyicha eng yaxshi 10 ta kompaniya quyidagilar:
Amazon, + $401,1 mlrd.
Jeff Bezos kompaniyasi antivirus tadbirlariga $ 4 milliard sarfladi, sarmoyadorlar buyurtmalarning keskin oʻsishini va kompaniyaning bulutli biznesi muvaffaqiyatini koʻrishdi.
Microsoft, + $269,9 mlrd. Koronavirus Satiye Nadella boshqaruvidagi kompaniyaning bulutli konvertatsiyasining muvaffaqiyatini isbotladi va shu bilan birga XBox oʻyin xizmatini faollashtirdi.
Apple, + $219,1 mlrd.
Jismoniy shakldagi doʻkonlar yopilganiga qaramay, kompaniya birinchi chorakda 58 milliard dollar ishlab topdi.
Tesla, + $108,4 mlrd.
1 may kuni Ilon Muskning oʻzi kompaniyaning aksiyalari juda qimmat ekanligini maʼlum qildi, iyun boshida kotirovkalar $ 1000 dan oshdi.
Tencent, + $93 mlrd.
Birinchi chorakda Xitoy kompaniyasining onlayn-oʻyinlardan olgan daromadi 30 foizga oʻsdi. Videokonferensiya va WeChat messenjeri alohida holatda ajralmas boʻlib chiqdi.
Facebook, + $85,7 mlrd.
Uyda zerikkan foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda koʻproq vaqt sarflashni boshladilar va koʻpincha homiylik havolalarini bosishni boshladilar. Platformadagi reklamalarni koʻrish soni 39 foizga oshdi.
Nvidia, $83,3 mlrd.
Oʻz-oʻzini xavfsiz holatga keltirganda, foydalanuvchilar kompaniya platformasida oʻyinlarni oʻynash uchun 1,5 baravar koʻproq vaqt sarflay boshladilar.
Alphabet, + $68,1 mlrd.
Turli sohalarning kontekstli reklamasi savdosi pasaydi, ammo YouTube reklama daromadlari 10 foizga oʻsdi.
PayPal, + $65,4 mlrd.
Onlayn toʻlovlarga ulanmaganlar, koronavirus tufaylu buni amalga oshirishga majbur boʻlishdi. Aprel oyida platformaga 7,4 million yangi foydalanuvchilar keldi.
T-Mobile, + $59,7 mlrd.
AQShning ulkan bozorida uchinchi oʻyinchi Sprint bilan muvaffaqiyatli birlashdi va 452 ming yangi obunachilarni qabul qilib oldi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

