Oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Prezident 16 iyun kuni oʻtgan yigʻilishda Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda “Ishga marhamat” mono-markazlari tashkil etish, yoshlarni kasbga va tadbirkorlik asoslariga oʻrgatish maskanlari hamda mahalla guzarlarida oʻquv kurslari ochish vazifasi qoʻyildi.
Maʼlumki, 8 iyun kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 24 tadan 67 taga oshirilib, ruxsat olish talablari va soliq toʻlovlari deyarli bekor qilindi. Bu bandlikni taʼminlash borasida katta resurs ekani taʼkidlab oʻtildi.
Markaziy bankka oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard soʻm kredit mablagʻlari ajratish, Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

