| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi2 284 marta oʻqildi

Toʻlov-kontrakt miqdorini oshirmaydigan OTMlar roʻyxati maʼlum qilindi

19 iyun kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan 10 ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis oʻtkazilgan va unda Prezident qaroridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosda oʻqitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilingan.

Toʻlov-kontrakt miqdorini oshirmaydigan OTMlar roʻyxati maʼlum qilindi

Tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilgan 10 ta oliy taʼlim muassasasida 2020/2021 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan 10 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlangandi.

Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari ruyxati:

  • Samarqand davlat chet tillar instituti;

  • Samarqand iqtisodiyot va servis universiteti;

  • Toshkent davlat yuridik universiteti;

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

  • Toshkent moliya universiteti;

  • Toshkent davlat sharqshunoslik instituti;

  • Toshkent farmatsevtika instituti;

  • Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti;

  • Urganch davlat universiteti;

  • Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti.

Xabarga koʻra, Prezidentnining 12 iyundagi davlat ajratadigan kvotasi toʻgʻrisidagi qarorida oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalariga oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosda oʻqitish qiymatini belgilash huquqi berilgan edi.

Taʼkidlanishicha, 19 iyun kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan 10 ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis oʻtkazildi va unda Prezidentnining yuqorida qayd etilgan qaroridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosda oʻqitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilindi.

«Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aholining ijtimoiy himoyasini taʼminlash, talaba-yoshlarning tahsil olishi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash maqsadida 2020/2021 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, bir yillik shartnoma qiymati mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanishini inobatga olib, ushbu miqdor oʻzgarganda masalani qayta koʻrib chiqishga kelishib olingani maʼlum qilindi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ