# OTM
17 ta material

Sherzod Shermatov: Oliy taʼlim muassasasiga bironta ham oʻquvchisi kirmagan maktablar soni 3 barobarga kamaydi
OTMga bironta ham oʻquvchisi kirmagan maktablar soni oʻtgan yili 2 126 ta boʻlgan, bu yil 692 taga tushgan. Xalq taʼlimi vaziri maktab rahbarlarining lavozimiga loyiqligini jiddiy koʻrib chiqish boshlangani bunga sabab boʻlganini taʼkidlamoqda. Uning yozishicha, taʼminoti yaxshi boʻlmagan maktablarning koʻrsatkichi, moddiy taʼminoti yaxshi maktablarga qaraganda baland boʻlgan.

Xotin-qizlarning OTMga kirishlari uchun qoʻshimcha grant asosida tartibi belgilandi
14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayol (erkak)larning qizlariga OTMlarga kirishda tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanomalar yana bir qancha mezonlar asosida beriladi.

Toʻlov-kontrakt miqdorini oshirmaydigan OTMlar roʻyxati maʼlum qilindi
19 iyun kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan 10 ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis oʻtkazilgan va unda Prezident qaroridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosda oʻqitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilingan.

OTMlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
Xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi.

OTMga hujjatlarni 15 iyundan onlayn qabul qilish boshlanadi
OTMlarga hujjatlar ikki xil usulda topshirilishi mumkin. Talab qilinadigan hujjatlar avvalgi yillardagidan kam.

OTMga kirish imtihonidan uchta majburiy fan olib tashlanadi
Bu yilgi oʻquv yili uchun imtihonlar avvalgi yillardan farqli ravishda 2 ta mutaxassislik fanidan boʻlib oʻtadi va beriladigan ballar ham oʻzgaradi.

Joriy oʻquv yilida kam taʼminlangan oila farzandlari va Soʻx tumanida istiqomat qiluvchilar uchun kvota ajratiladi
2020/2021 oʻquv yili taxminiy qabul kvotasi 156 000 tadan oshishi kutilmoqda.

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet ochiladi
Oliy taʼlim tizimida raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi oʻqish shakli ochiladi.

Joriy yilda qabul test sinovlari 2 ta mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladi
2020–2021-oʻquv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

2020/2021 oʻquv yilida OTMlarga qabul kvotasi oshiriladi
2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6 foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda.

Oʻzbekistondagi barcha taʼlim muassasalariga vaqtidan oldin taʼtil beriladi
Koronavirus sabab Oʻzbekistondagi barcha maktablar, bogʻchalar va OTMlar karantinga yopiladi.

10 ta OTM rektorlari lavozimga tayinlandi
14 fevral kuni 10 ta OTMlarga rektor tayinlandi. Bu haqda Hukumat qarori qabul qilindi.

Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirish imtihonsiz boʻladi
Qoʻshni davlatlarda tahsil olayotganlar talabalar oʻqishni Oʻzbekistonga imtihonsiz koʻchirishlari mumkin. Oʻqishini respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha ariza topshirish muddati uzaytirildi.




