OTMlarga qabul parametrlari tasdiqlandi
Xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi.

“2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda:
abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) boʻlgan muddatda amalga oshiriladi;
kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi;
abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil boʻlgan 5 tagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.
2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab:
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha toʻrt foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi;
magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Qarorga muvofiq, davlat buyurtmasi parametrlari:
bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
kunduzgi taʼlim shakliga – 103 575 nafar;
sirtqi taʼlim shakliga – 31 350 nafar;
kechki taʼlim shakliga – 5 025 nafar etib;
magistrlar tayyorlash boʻyicha – 10 425 nafar etib tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

