| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi1 396 marta oʻqildi

Joriy yilda qabul test sinovlari 2 ta mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladi

2020–2021-oʻquv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yilda qabul test sinovlari 2 ta mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi joriy yilda oliy taʼlim muassasasiga abituriyentlarning uyidan chiqmagan holda roʻyxatdan oʻtishini tashkil etish choralarini koʻrayotganini taʼkidladi. Shuningdek, kirish test sinovlarini sodda shaklda va qisqa vaqt ichida oʻtkazish kabi yengilliklar yaratish boʻyicha ham kerakli ishlar olib borilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi

“Joriy yilning 30 aprel kuni Prezident rahbarligida oʻtgan yigʻilishda belgilangan topshiriqlar va tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik, idora, tashkilotlar tomonidan kiritilgan takliflar asosida faqat 2020–2021-oʻquv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2 ta mutaxassislik fanlaridan oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi DTM xabarida.

Shuningdek, mavjud karantin holatidan kelib chiqib, infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 oʻrinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, shuning uchun mazkur oʻquv yilida test sinovlari oʻtkaziladigan binolarda koʻpi bilan 700 tagacha oʻrin tayyorlanishi belgilanmoqda.

DTMga koʻra, har bir abituriyent uchun kamida 3 kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ularda niqob, qoʻlqop bilan testda ishtirok etishi taʼminlanadi. Abituriyentning tana harorati oʻlchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi. Bularning bari test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.

Qayd etilgan ushbu jarayon ham karantin cheklovlari butunlay olib tashlangandan soʻng amalga oshiriladi.

Keyingi oʻquv yilidan boshlab, hamma jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida boʻladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ