Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirish imtihonsiz boʻladi
Qoʻshni davlatlarda tahsil olayotganlar talabalar oʻqishni Oʻzbekistonga imtihonsiz koʻchirishlari mumkin. Oʻqishini respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha ariza topshirish muddati uzaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qoʻshni davlatlar (Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston)dagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga oʻqishini respublikamiz oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha ariza topshirishga ruxsat etilgan edi.
Arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi
Qoʻshni davlatlar (Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston) oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan koʻplab murojaatlarni inobatga olgan holda, fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida arizalarni qabul qilish muddati 2020 yil 15 martga qadar uzaytirildi.
Talabgorlar oʻz hududlaridagi ishchi guruhlariga kerakli hujjatlarni taqdim etishlari kerak
Respublikaning barcha hududlarida bittadan oliy taʼlim muassasasida Hududiy ishchi guruhlari tashkil etilgan.
Talabgorlar 2020 yil 15 martga qadar doimiy yashash hududida tashkil etilgan ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
ariza (joyida toʻldiriladi);
reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma (transkript) nusxasi;
pasport nusxasi.
Xorijdan Oʻzbekistonga oʻqishni koʻchirish kontrakt asosida boʻladi
Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Oʻqishni koʻchirishda hech qanday imtihon boʻlmaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

