| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi326 marta oʻqildi

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet ochiladi

Oliy taʼlim tizimida raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi oʻqish shakli ochiladi.

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet ochiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini taʼminlash va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi taʼkidlandi.

Oliy taʼlim tizimida raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi oʻqish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korxonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etib, oʻquv jarayoniga halqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi.

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yoʻnalish boʻyicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yoʻnalishda ixtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ