| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi670 marta oʻqildi

OTMga kirish imtihonidan uchta majburiy fan olib tashlanadi

Bu yilgi oʻquv yili uchun imtihonlar avvalgi yillardan farqli ravishda 2 ta mutaxassislik fanidan boʻlib oʻtadi va beriladigan ballar ham oʻzgaradi.

OTMga kirish imtihonidan uchta majburiy fan olib tashlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 oʻquv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bagʻishlangan offlayn brifing boʻlib oʻtmoqda.

Joriy oʻquv yilida kam taʼminlangan oila farzandlari va Soʻx tumanida istiqomat qiluvchilar uchun kvota ajratiladi

Brifingda joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, Oʻzbekiston tarixi va matematika) test boʻlmasligi haqida aytib oʻtildi.

Joriy yil OTMlarga kirish imtihonida 2ta mutaxassislik fanidan test olinadi. Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

  • 1-blok - 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball toʻplash mumkin.

  • 2-blok - 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

2020/2021 oʻquv yili qabul jarayonining oʻziga xos jihatlari:

  • Joriy yil 1 mln 270 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirish kutilmoqda;

  • Joriy yilda hujjatlar onlayn qabul qilinadi, OTMlarda hujjatlar olinmaydi;

  • Hujjatlar 3 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) Davlat xizmatlari markazlari orqali (borgan holda);

2) my.gov.uz portali orqali;

3) DTM sayti orqali.

  • Hujjatlar kechayu kunduz 24 soat qabul qilinadi;

  • Test sinovlari 64ta binoda boʻladi, binolar roʻyxati alohida eʼlon qilinadi;

  • Test sinovlari joriy yilda 3 smenada boʻladi (oʻtgan yili 2 smenada boʻlgan);

  • Har bir smenada 25 ming nafar abituriyeni test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr boʻladi;

  • Test sinovlariga abituriyentlar maxsus tekshiruvdan oʻtkazilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi;

  • Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi;

  • Karantin sharoitida xavfsizlikka rioya qilish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kuzatuvchi sifatida test binosi atrofiga toʻplanishi cheklanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ