2020/2021 oʻquv yilida OTMlarga qabul kvotasi oshiriladi
2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6 foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda.

17 mart kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Prezidentning 2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
2020/2021 oʻquv yili bakalavr darajasiga 145 mingdan ortiq, yaʼni oʻquv yiliga nisbatan 15,6 foizga koʻproq talaba qabul qilish koʻzlanmoqda. Magistr darajasiga esa 10 mingdan ziyod talabani qabul qilish taklif etilmoqda. Bu oʻtgan yilga nisbatan qariyb 40 foizga koʻp demakdir. Shu bilan birga, sirtqi taʼlim shakliga 776 ta, kechki taʼlim shakliga esa 131 ta davlat granti ajratilgani. Oʻtgan oʻquv yilida mazkur ikki taʼlim shakliga davlat grantlari ajratilmagan edi.
Yangi oʻquv yilidan boshlab Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega boʻlgan qizlar uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant oʻrinlari ajratiladi. Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilida «Matematika» va «Tabiiy fanlar» taʼlim sohalari boʻyicha magistratura mutaxassislari uchun davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Hujjat loyihasida taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga zarurat boʻlganda, yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish uchun davlat buyurtmasi parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, tarmoqlar va hududlar boʻyicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash huquqini berish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bosqichma-bosqich 2022−2023 oʻquv yiliga qadar (2020−2022 moliya yillari mobaynida) 2019−2020 oʻquv yiliga nisbatan ikki barobarga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Hujjat loyihasi muhokamalari 1 aprelga qadar davom etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

