Joriy oʻquv yilida kam taʼminlangan oila farzandlari va Soʻx tumanida istiqomat qiluvchilar uchun kvota ajratiladi
2020/2021 oʻquv yili taxminiy qabul kvotasi 156 000 tadan oshishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 oʻquv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bagʻishlangan offlayn brifing boʻlib oʻtmoqda.
2020/2021 oʻquv yilida OTMlarga qabul kvotasi oshiriladi
Joriy oʻquv yili uchun Soʻx tumanida istiqomat qiluvchi bitiruvchilariga OTMlarga kirishda alohida 500ta davlat granti kvotasi beriladi. Shuningdek, kam taʼminlangan ayollar va ularning farzandlariga alohida 800ta davlat granti uchun kvota ajratiladi.
Ikkala kvotaning ham kimlarga berilishi tartibi tez orada tasdiqlanib, eʼlon qilinadi.
Bu yilgi taxminiy qabul kvotasi 156 000 tadan oshishi kutilmoqda. 144 000 tasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va qolgani magistratura mutaxassisliklariga ajratiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

