Xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit beriladi
Kredit mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

16 iyun kuni “Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Qarorga muvofiq, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit ajratiladi.
Kredit tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi.
Kreditlar xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga, ayniqsa maishiy, taʼlim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori boʻlgan sohalarda faoliyat koʻrsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik subʼyektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha 1 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi.
Kredit mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.
Shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari boʻyicha “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

