| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi344 marta oʻqildi

“Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi

Nizomda ipoteka krediti yoʻnalishlari, rasmiylashtirish bosqichlari, qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi tahlili hamda ipoteka kreditlarini ajratish bilan bogʻliq tavakkalchilikni boshqarish boʻyicha yoʻnalishlar keltirilgan.

“Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi

Markaziy bank tomonidan “Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisida”gi nizom loyihasi ishlab chiqilib, Normativ- huquqiy hujjatlar portaliga muhokama uchun joylashtirildi.

Ipoteka kreditini olish uchun murojaat qilgan shaxslarga qanday talablar qoʻyilmoqda?

Ushbu nizom loyihasi Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari bilan hamkorlikda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda ishlab chiqildi va tijorat banklari tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining umumiy shartlari hamda qoidalarini belgilab beradi.

Nizomda ipoteka krediti yoʻnalishlari, rasmiylashtirish bosqichlari, qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi tahlili hamda ipoteka kreditlarini ajratish bilan bogʻliq tavakkalchilikni boshqarish boʻyicha yoʻnalishlar keltirilgan.

Hujjat loyihasiga muvofiq, aholiga ipoteka krediti banklar tomonidan toʻlovlilik, qaytarishlik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlarga beriladi:

  • qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;

  • yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish;

  • yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uyni oʻzining mavjud uy-joyi yoki koʻp kvartirali uyiga almashtirishga;

  • boshqa banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini mijozlarga qulay shartlarda qayta moliyalashtirish.

Shuningdek, ipoteka krediti:

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?

  • qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;

  • ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga oʻtadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani;

  • qarz oluvchining mulki boʻlgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qoʻygan holda amalga oshiriladi.

Muomaladan olib qoʻyilgan va begonalashtirilishi mumkin boʻlmagan koʻchmas mulk ipoteka predmeti boʻlishi mumkin emas.

Uy joyni rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga kredit ajratilishida bazaviy hisoblash miqdorining 400 barobaridan oshmaganda, bankning kredit siyosatiga muvofiq kredit taʼminotiga koʻchmas mulk boʻlmagan boshqa taʼminot qabul qilishga haqli.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ