Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi
Prezident farmoniga binoan 2021 yil 1 yanvardan boshlab yosh oilalarning ipoteka kreditlarini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari daromad soligʻidan ozod qilinmaydi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyun kuni «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisida"gi faormonni imzoladi.
Xususan, farmonga muvofiq, 2007 yilda joriy etilgan yosh oila aʼzolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki koʻp qavatli uyda xonadon qurish, taʼmirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻni daromad soligʻidan ozod qilish toʻgʻrisidagi norma 2021 yil 1 yanvardan bekor qilinadi.
Shu bilan birga, soliqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar boʻyicha imtiyozlar, agar ularning oʻzida ushbu soliqdan ozod qilish toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, ijtimoiy soliqqa nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS boʻyicha berilgan imtiyozlar, mamlakatda doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga tatbiq etilmaydi.
Mazkur farmon 1 oktyabrdan kuchga kiradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

