| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi

IFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda

IFC tomonidan Ipoteka-bankiga uning xususiylashtirilishini qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta biznesni kreditlashni koʻpaytirish maqsadida 35 million AQSh dollari ajratmoqda.

IFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda

Jahon banki guruhining tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka-bankining xususiylashtirilishini qoʻllab-quvvatlash hamda Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni kreditlash koʻlamini kengaytirish uchun 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi. Shu bilan birga milliy valyutadagi moliyalashtirish, mamlakatdagi yetakchi davlat banklaridan birini raqobatdosh xususiy tijorat bankiga aylantirishda yordam beradi.

Ushbu sarmoya IFCʼning Oʻzbekistondagi xususiylashtirish dasturini qoʻllab-quvvatlash va davlat banklari soni koʻp boʻlgan mamlakatning bank sektoriga xususiy investitsiyalarni jalb qilishdagi strategik ustuvor yoʻnalishlardan birini aks ettiradi. Kichik va oʻrta biznesni kreditlash hajmini oshirish bilan bir qatorda, Ipoteka bankining qayta tranformatsiyasi boshqa davlat banklarini xususiylashtirish uchun namuna boʻlib xizmat qiladi va xususiy investorlarning Oʻzbekiston bank sektoriga faol jalb qilishda xizmat qiladi.

"Oʻzbekiston va IFC oʻrtasidagi ushbu hamkorlik yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan bank tizimini isloh qilish strategiyasiga ham muvofiq. IFC tomonidan taqdim qilinayotgan moliyalashtirish, oʻtgan uch yil davomida Ipoteka-bank tomonidan olib borilgan, bank operatsiyalarini tijoratlashtirish va uni mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatadigan moliyaviy institutga aylantirishga qaratilgan choralarning muhim eʼtirofidir", deydi bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov.

Bank tizimini isloh qilish borasidagi saʼy-harakatlar doirasida, banklaridagi davlat ulushini investorlarga topshirish koʻzda tutilgan. Xususiylashtirish xususiy kapital, xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, natijada ushbu jarayon bank va uning mijozlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Hozirgi vaqtda davlat banklarining Oʻzbekiston bank sektorida konsentratsiyasi yuqori. Mamlakatdagi 30 ta bankning beshtasi toʻliq davlatga tegishli, qolgan sakkizta bankda esa davlatning 50 foiz ulushi mavjud.

IFCʼning Yevropa, Markaziy Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi boʻyicha vitse-prezidenti Jorjina Beykerning taʼkidlashicha, "IFCʼning moliyalashtirishi hamda soʻnggi yillar mobaynida taqdim etilgan maslahat xizmatlari bilan bir qatorda, islohotlarni qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekistonning moliyaviy sektorda xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha harakatlarning bir qismidir. Investitsiyalar Ipoteka-bankga xususiy sektorni kapitalga jalb qilish va mamlakatdagi kichik va oʻrta biznesni kreditlashni kengaytirishga qaratilgan rejani samarali amalga oshirishda yordam beradi".

IFC Ipoteka-bank bilan 2017 yildan buyon bankning tijoraat faoliyatini, korporativ boshqaruvini va xavflarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish orqali institutsional transformatsiyasini maqsadida hamkorlik qilmoqda, bu esa ushbu investitsiyalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi.

Markaziy Osiyoda aholi zichligi eng yuqori boʻlgan mamlakat misli koʻrilmagan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. IFC ushbu islohot jarayonini asosiy sohalarda investitsiya va maslahat xizmatlarini taqdim etish orqali qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Hozirgi vaqtda IFCning Oʻzbekistondagi investitsiya portfeli 53 million dollarni tashkil etadi, hamda moliya va toʻqimachilik sohasidagi loyihalarni oʻz ichiga oladi. IFCʼning maslahat dasturlari davlat korxonalarini, shu jumladan ikkita davlat banklarini xususiylashtirishda; paxta sohasini isloh qilish; moliya bozorini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish; sogʻliqni saqlash va energetika sohalarida davlat va xususiy sheriklik aloqalarini amalga oshirishda yordam beradi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ