| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi91 marta oʻqildi

Markaziy bank joriy yilda jismoniy shaxslarga qancha kredit berilgani haqida maʼlumot berdi

2020 yil 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratilgan.

Markaziy bank joriy yilda jismoniy shaxslarga qancha kredit berilgani haqida maʼlumot berdi

2020 yil 5 oyi davomida tijorat banklari tomonidan 23 438 nafar jismoniy shaxslarga 3,5 trln. soʻm miqdorida (2019 yilning mos davriga nisbatan 1,5 trln. soʻmga koʻp) ipoteka kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilayotgan uylarning kredit muddatini uzaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlari:

  • Toshkent shahrida 1 683,7 mlrd. soʻm (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 369,3 mlrd. soʻmga koʻp);

  • Samarqand viloyatida 304,5 mlrd. soʻm (218,2 mlrd. soʻmga koʻp);

  • Surxondaryo viloyatida 196,0 mlrd. soʻm (87,1 mlrd. soʻmga koʻp);

  • Jizzax viloyatida 148,3 mlrd. soʻm (37,3 mlrd. soʻmga koʻp);

  • Sirdaryo viloyatida 104,3 mlrd. soʻmni (23,8 mlrd. soʻmga koʻp) tashkil etib, eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari qayd etildi.

Shuningdek, ipoteka kreditlari tarkibida imtiyozli asosda (qayta moliyalash stavkasi doirasida) ajratilgan kreditlar ulushi 57,6 foizni (2,04 trln. soʻm), bozor foizlarida ajratilgan kreditlar ulushi esa 42,4 foizni (1,5 trln. soʻm) tashkil qiladi.

2020 yilning 5 oyi mobaynida yangi tartib asosida 828 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 159,6 mlrd. soʻm miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi.

Ipoteka kreditlarining:

  • 92,1 mlrd. soʻmi (57,7 foizi) 2 xonali kvartira;

  • 67,5 mlrd. soʻmi esa (42,3 foizi) 3 va undan koʻp xonali kvartiralarni sotib olish uchun berilgan.

Ajratilgan mazkur ipoteka kreditlarining eng yuqori hajmi:

  • 24,3 mlrd. soʻmi (15,2 foizi) Fargʻona viloyati;

  • 23,0 mlrd. soʻmi (14,4 foizi) Navoiy viloyati;

  • 21,6 mlrd. soʻmi (13,5 foizi) Toshkent shahri;

  • 21,0 mlrd. soʻmi (13,1 foizi) Surxondaryo viloyati hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ