| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi159 marta oʻqildi

Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasini taqdim qildi

2020 yil 1 aprel holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldigʻi dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 18,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasini taqdim qildi

“2020yil 1 aprel holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldigʻi dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 18,2 mlrd. AQSh dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 31,3 foizni tashkil etdi”, deyiladi Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarzi departamentining 2020 yil 1-choragi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida.

Xususan, 1-chorakda davlat tashqi qarzi 0,5 mlrd. AQSh dollariga yoki yil boshiga nisbatan 2,9 foizga oshib, joriy yilning 1-aprel holatiga 16,11 mlrd. AQSh dollariga yoki YaIMga nisbatan 27,7 foizga yetgan.

Shundan:

– Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 10,9 mlrd. AQSh dollari;

– Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,2 mlrd. AQSh dollari.

Davlat ichki qarzi 20,0 trln. soʻmni (2,1 mlrd. AQSh dollari) yoki YaIMga nisbatan 3,6 foizni tashkil etdi. Bunda Prezidentning 2019 yil 9 oktyabrdagi qaroriga koʻra chaqirib olingan Hukumat kafolatlari ham inobatga olingan.

Shundan:

– Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 1,7 trln. soʻm (0,2 mlrd. AQSh dollari);

– Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,3 trln. soʻm (1,9 mlrd. AQSh dollari).

Vazirlik departamenti Davlat qarzining soʻngi yillardagi oʻsishi dinamikasiga qaramay, xalqaro meʼyorlarga koʻra Oʻzbekistonning Davlat qarzi (YaIMga nisbatan 31,3 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan 27,7 foiz) moʻʼtadil darajada saqlanib qolayotganini taʼkidlamoqda.

“Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan 2020 yil 19 may kuni chop etilgan Qarz barqarorligi hisobotida respublikaning qarzga xizmat koʻrsatish salohiyati yuqori, davlat tashqi qarzi esa moʻʼtadil darajadaligi qayd etilgan. Shuningdek, mamlakatimizning qarzni toʻlay olish salohiyatining umumiy indikativ koʻrsatkichi (CI) 3,1 birlikdan 3,2 birlikka koʻtarildi”, deyiladi Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarzi departamenti maʼlumotida.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ