| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi409 marta oʻqildi

200 va 500 soʻmlik qogʻoz pullar 1 iyuldan muomaladan chiqariladi

Eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlaringiz mavjud boʻlsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkin.

200 va 500 soʻmlik qogʻoz pullar 1 iyuldan muomaladan chiqariladi

Adliya vazirligida 2018 yil 19 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan:

  • 1997 yil namunasidagi 200 soʻmlik;

  • 1999 yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy toʻlov vositasi sifatida oʻz kuchini yoʻqotadi.

Eski namunadagi ushbu pul belgilari 2020 yil 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari boʻlinmalari, 2020 yil 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi.

Shu munosabat bilan, eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotlaringiz mavjud boʻlsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ