Markaziy bank: “OSON” elektron pullar tizimi reyestrga kiritildi
Elektron pullar tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumot joriy yilning 16 iyun kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarning chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari” talablariga muvofiq, toʻlov tashkiloti litsenziyasiga ega boʻlgan “Brio Group” MChJ “OSON” elektron pullar tizimining operatori sifatida oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur elektron pullar tizimining emitenti boʻlib “Turkiston” xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisoblanadi.
Elektron pullar tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumot joriy yilning 16 iyun kuni Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilganligi maʼlum qilinadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

