| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi498 marta oʻqildi

Iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishi talabalari oʻqishini Bank-moliya akademiyasiga koʻchirishi mumkin

2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov oʻtkazish orqali boshqa oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari oʻqishi Akademiyaga koʻchiriladi.

Iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishi talabalari oʻqishini Bank-moliya akademiyasiga koʻchirishi mumkin

“2020–2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Endilikda «byudjet»da oʻqigan talabalar kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan qishloqlarda ishlashi taklif qilindi

Qaror bilan 2020–2025 yillarda Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasi hamda ushbu konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, Akademiya Oʻzbekistonning bank va moliya sohasi uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni hamda rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Akademiyaning bakalavriat va magistraturasida:

  • davlat granti mablagʻlari hisobidan – faqat davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari xodimlari;

  • Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan kvota boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlar taʼlim oladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov oʻtkazish orqali boshqa oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriat yoʻnalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari oʻqishi Akademiyaga koʻchiriladi.

2021 yil 1 sentyabrga qadar ilmiy maqolalar mualliflarining ishlarini moliyalashtirish maqsadida Ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil qilinadi.

Shuningdek, 2022 yil 1 sentyabrga qadar Akademiya Kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda bakalavriat dasturlari boʻyicha oʻqishga qabul qilish tashkil etiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ