| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓

Jahon iqtisodiyoti

545 ta material

Iqtisodiyot va biznes

Aholi tomonidan xorijiy valyuta sotib olish 3 barobarga oshdi

2020 yili yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 797 mln dollarga oshdi.

Markaziy Osiyo

Oʻzbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar orasida 130-oʻrinni egalladi

Markaziy Osiyodagi davlatlar orasida Qozogʻiston 116-oʻrinni, Qirgʻiziston 133-oʻrinni egalladi.

Siyosat

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda jahon bankining 2 million dollar mablagʻi doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini taʼminlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Iqtisodiyot va biznes

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha ravishda 98 million AQSh dollari ajratiladi.

Iqtisodiyot va biznes

Markaziy bank: Transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 156 mln dollarga kamaydi

Oʻzbekistonga 2,4 mlrd. AQSh dollari transchegaraviy pul oʻtkazmalari kelib tushgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga kamaygan.

Siyosat

Ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofoti toʻlanadi.

Bozorlar

Oʻzbekistonda meva-sabzavotlikni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari

Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribalarining tahlillari ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirish zarurati borligini koʻrsatmoqda, deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Sobir Xasanov.

Iqtisodiyot va biznes

Moliya vazirligi: “Coca-cola” davlat ulushi xususiy investorga sotiladi

Investorlar bilan ishlashni tashkil qilish, shuningdek, davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida dunyoning yetakchi banklaridan moliyaviy maslahatchi sifatida JP Morgan, Rothschild & Co, Credit Suisse banklari orasidan biri tanlanadi.

Iqtisodiyot va biznes

GTAI: Oʻzbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishgan yagona mamlakat

Germaniyalik jurnalistning GTAI (Germany Trade & Invest) tashkilotiga asoslanib xabar berishicha, Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvchi mavqega ega Oʻzbekiston pandemiyaning iqtisodiyotga salib taʼsirini kamaytirish boʻyicha majmuaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqdi.

COVID-19

COVID-19 karantin cheklovlari: jahondagi vaziyat

"Markazimiz tomonidan 165 davlat tajribasi, pandemiya davrida qoʻllagan choralari oʻrganildi. Har bir davlatning oʻz iqtisodiyotidan kelib chiqqan modellari bor. Oʻzbekiston tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy yordam koʻrinishida emas, kredit toʻlovlarini kechiktirish, soliq imtiyozlari koʻrinishida koʻmak koʻrsatdi", - Umid Abidxadjayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktorining oʻrinbosari.

COVID-19

Xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi

Xalqaro yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilari majburiy tartibda test topshiradi.

Iqtisodiyot va biznes

Osiyo Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi

OTB Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

Texnologiyalar

Dunyo mamlakatlarida 1GB mobil internet narxi qancha?

Hozirgi globallashuv jarayonida milliardlab insonlar mobil telefonsiz, internetsiz yashay olishmaydi. Shunday ekan qaysi mamlakatlarda internet narxlari eng past yoki aksincha.

Iqtisodiyot va biznes

Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk marta eksport qilindi

Gollandiya navi boʻlgan bu sariq tarvuzlar nafaqat koʻrinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Yaxshi hosil bergan ushbu navli tarvuzning 4 tonnasi Rossiyaga eksport qilindi.

Bozorlar

7 iyul holatiga koʻra isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi. Natijada quyidagilar aniqlandi.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekistonda ilk bor Buy Back dasturi orqali avtomobil sotib olish mumkin

Isteʼmolchilarga AQSh va Yevropada oʻzini ijobiy tomondan koʻrsata olgan avtomobilni qayta sotib olish dasturi taklif etilmoqda.

Jamiyat

Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi

Rossiya hududidagi vatandoshlarimizdan turli yolgʻon xabarlar va mish-mishlarga ishonmasliklarini, Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlari soʻralmoqda.

Siyosat

Tsementni “yashil yoʻlak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yoʻlak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga koʻra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan oʻtkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.

Jamiyat

Rossiya universitetining Olmaliq filialiga qabul kvotalari eʼlon qilindi

“Milliy texnologik tadqiqotlar” universiteti Olmaliq filialiga 2020/2021 oʻquv yilida sirtqi oʻqish uchun kvotalar ajratilmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

Jahon banki Oʻzbekistonga 30 yil muddatga 95 mln dollar kredit ajratdi

Mablagʻ kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

COVID-19

Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va Oʻzbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga taʼsiri

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining toʻxtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi boʻyicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga koʻra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot va biznes

Oʻzbekiston eksporti yil yakuniga borib 17,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda

Joriy yilning 6 oyi yakunlariga koʻra mamlakatimiz korxonalari tomonidan 6,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Iqtisodiyot va biznes

Yil yakuniga kelib iqtisodiyotga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 9,9 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda

2020 yil soʻngiga qadar Oʻzbekiston iqtisodiyotga jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar – 6,8 milliard, xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari – 3,1 milliard dollarga yetishi rejalashtirilyapti.

Siyosat

Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi

Oʻzbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyuldaaʼzo boʻlish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh majlisini videokonferensiya formatida oʻtkazadi.

Iqtisodiyot va biznes

Dunyodagi yirik doʻkonlarni birlashtirgan «Inditex» kompaniyasi Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi

Mahalliy toʻqimachilik korxonalari nafaqat tayyor trikotaj kiyim-kechak, balki shu bilan birga Zara Home brendi uchun uy toʻqimachilik mahsulotlari, shuningdek «Inditex” ning Lux brendlari uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ham yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanligini bildirgan.

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ