| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi225 marta oʻqildi

Dunyo mamlakatlarida 1GB mobil internet narxi qancha?

Hozirgi globallashuv jarayonida milliardlab insonlar mobil telefonsiz, internetsiz yashay olishmaydi. Shunday ekan qaysi mamlakatlarda internet narxlari eng past yoki aksincha.

Dunyo mamlakatlarida 1GB mobil internet narxi qancha?

Soʻnggi 5 yilda dunyoda qoʻshimcha 1 milliard kishi internetga kirish imkoniyati yaratildi. Ammo uning narxlari boʻyicha davlatlar bir-biridan keskin farqlanadi. Jumladan, eng qimmat va eng arzon maʼlumotlarga kirish oʻrtasida 30 000 % farq mavjudligi ham fikrimizni isbotlaydi. Bu haqda Moliya.uz telegram kanali maʼlumot berdi.

Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana koʻtarildi

Dunyoda 1GB Internet narxi eng arzon mamlakatlar top beshligi:

  1. Hindiston $0,09

  2. Isroil $0,11

  3. Qirgʻiziston $0,21

  4. Italiya $0,43

  5. Ukraina $0,46

1GB mobil internet eng qimmat davlatlar:

  1. Malavi $27.41

  2. Benin $27.22

  3. Chad $23.33

  4. Yaman $15.98

  5. Botsvana $13.87

Mamlakatlar oʻrtasidagi narxlarning bunchalik katta farq boʻlishiga asosan 4 sabab keltirishimiz mumkin:

  • Infrastrukturaning mavjudligi (Misol uchun Yamanda internet tarmogʻiga ulanish uchun imkoniyat yoʻqligi);

  • Faqatgina mobil internetga bogʻliqlik (mamlakat ichidagi provayderlar oʻrtasidagi raqobat tufayli narxlari tushadi. Misol Qirgʻiziston Respublikasi);

  • Maʼlumotlarni kam isteʼmol qilish (Ayrim Afrika mamlakatlarida internetdan 1000 barobar muhim boʻlgan narsalar bor);

  • Foydalanuvchilarning daromadiga bogʻliq (Daromadi yuqori boʻlgan mamlakat fuqarolari mobil internet uchun yuqori haq toʻlashga qodir, hamda yuqori tezlikdagi internetni xohlashadi).

Oʻzbekistonda 1GB mobil internet narxi oʻrtacha $1,34 boʻlib, eng arzon mamlakatlar qatorida 47 oʻrinda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ