Jahon banki Oʻzbekistonga 30 yil muddatga 95 mln dollar kredit ajratdi
Mablagʻ kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.

Jahon banki Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashish uchun 95 mln dollar ajratadi. Mablagʻ tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kam taʼminlangan oilalar va ishsizlarga vaqtinchalik nafaqalar berish tizimini kengaytirishga yoʻnaltiriladi.
Kredit "Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish" loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi.
Sal oldin Janubiy Koreya hukumati Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam koʻrsatishga qaror qilgan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

