| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi280 marta oʻqildi

Rossiya universitetining Olmaliq filialiga qabul kvotalari eʼlon qilindi

“Milliy texnologik tadqiqotlar” universiteti Olmaliq filialiga 2020/2021 oʻquv yilida sirtqi oʻqish uchun kvotalar ajratilmoqda.

Rossiya universitetining Olmaliq filialiga qabul kvotalari eʼlon qilindi

Rossiya Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar” universiteti Olmaliq filialiga 2020/2021 oʻquv yili uchun talabalarni qabul qilish kvotasi 250 kishini tashkil etadi va talabalarning 40 foizi Oʻzbekiston davlat buyurtmasi (byudjeti) hisobidan tahsil oladi.

Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, joriy yilgi qabul komissiyasining farqli jihati - birinchi marta sirtqi oʻqish uchun kvotalarning ajratilishi va abituriyentlarning hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinishi.

Respublika Oliy Taʼlim Vazirligi va "bosh universitet"ning global pandemiyada sharoitida bergan koʻrsatmalarini hisobga olgan holda, shuningdek, respublikaning chekka hududlaridan kelganlar imtihon kunlari filial yotoqxonasiga joylashtiriladi.

Hujjatlar qabuli quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi, bunda kvotalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

- "Metallurgiya (metall texnologiyasi)" - 75 kunduzgi va 25 sirtqi,

- "Avtomatlashtirish va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni boshqarish (tarmoqlar boʻyicha)" - 25 ta kunduzgi va 25 ta sirtqi va

- "Konchilik" ixtisosligi - 75 kunduzgi va 25 sirtqi.

Hujjatlarni topshirish muddati:

- kunduzgi oʻqish shakli uchun 2020 yil 20 iyundan 20 iyulgacha?

- sirtqi oʻqish shakli uchun 2020 yil 20 iyundan 31 iyulgacha.

Kirish imtihonlari kunduzgi oʻqish shakli uchun 2020 yil 25 iyuldan 5 avgustgacha, sirtqi oʻqish uchun 2020 yil 5 avgustdan 15 avgustgacha rejalashtirilgan.

Kerakli hujjatlar roʻyxati va hujjatlarni onlayn tarzda topshirish boʻyicha yoʻriqnoma bilan misis.uz saytida tanishish mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ