| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi354 marta oʻqildi

Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk marta eksport qilindi

Gollandiya navi boʻlgan bu sariq tarvuzlar nafaqat koʻrinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Yaxshi hosil bergan ushbu navli tarvuzning 4 tonnasi Rossiyaga eksport qilindi.

Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk marta eksport qilindi

Qashqadaryoning chillaki S1 sariq tarvuzlari ilk bor eksport qilindi. Joriy yil respublikamiz vohasida “Sunny Land Export” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilgan mazkur noodatiy tarvuz yaxshi hosil berdi va ilk partiya yaʼni, 4 tonnani Rossiya import qildi.

Gollandiya navi boʻlgan bu sariq tarvuzlar nafaqat koʻrinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga oʻxshash. Taʼmi aʼnanasga yaqin.

Riga va Rossiyalik importchilar talabiga muvofiq ekib yetishtirilgan ushbu poliz ekinlari, oddiysiga qaraganda tezpishar. Dehqonlar odatiy tarvuzlarning hosilini 90 kun kutishsa, bu nav 65 kunda tayyor boʻladi. Bundan tashqari alohida oʻgʻitlar bilan ozuqalantirishni talab qiladi va oddiysiga nisbatan kam sugʻoriladi. Mazkur chillaki S1 sariq tarvuzlar kiloggrami xorijga 55 sentdan eksport qilindi. Keyingi partiya Riga uchun hozirlanmoqda. Shu hafta soʻngiga qadar bunday noodatiy tarvuzlar mahalliy bozorlarimizga kiloggrami oʻrtacha 3,5-4,5 ming soʻmdan chiqarilishi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ